Barcha yangiliklar
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
Gallery image 182818
Gallery image 182819
Gallery image 182820
Gallery image 182821
Gallery image 182822
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
08 Iyul 2026
12:10

#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar

#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

8-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari M. To‘raboyev hamda Sh. Isamutdinov ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, maishiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.

Deputatlar tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash