Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
08 Iyul 2026
11:15
Sessiya masalalari joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Saidlar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda hududiy dasturlar ijrosi hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida Kengash sessiyalari qarorlarining mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan ijrosi yuzasidan axborotlar talab qilinib, aniqlangan holatlarni navbatdagi sessiya kun tartibiga muhokama uchun kiritishga kelishib olindi.