Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
Gallery image 182641
Gallery image 182642
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
08 Iyul 2026
09:14

Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi.

Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Rustamova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimov hamda tuman bosh imom-xatibi ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, har bir masala yuzasidan huquqiy hamda amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.