Barcha yangiliklar
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
Gallery image 182616
Gallery image 182617
Gallery image 182618
Gallery image 182619
Gallery image 182620
Gallery image 182621
Gallery image 182622
Gallery image 182623
Gallery image 182624
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
08 Iyul 2026
08:57

🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati M. Kariyev tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o‘rganishdi.
📌 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-son Farmoni ijrosi, hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
📑 Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari tahlil qilindi.
🏗 Jumladan, tumandagi «Bunyodkor» va «Yangiobod» mahallalari hududida joylashgan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. Quvonarlisi, qurilish tashkiloti tomonidan sifatli bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.
Hududlarda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash va dasturlar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlarimiz nazoratida qoladi.