Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari mahallada tinglandi.
Gallery image 182584
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
08 Iyul 2026
08:38

Fuqarolar murojaatlari mahallada tinglandi.

Qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ichki yo‘llarni ta'mirlash, elektr va ichimlik suvi ta'minoti, obodonlashtirish, bandlik, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli mas'ul tashkilotlar vakillari bilan muhokama qilindi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda mavjud muammolarga yechim topishda ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta'kidlandi.

Qabul yakunida murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar kiritilishi hamda ularning bajarilishi doimiy nazoratda bo‘lishi qayd etildi.