Barcha yangiliklar
Mahalladagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 182491
Gallery image 182492
Gallery image 182493
Gallery image 182494
Gallery image 182495
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
07 Iyul 2026
21:09

Mahalladagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-"O‘rmonbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Z.Rahimovning faoliyati yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida hududdagi tadbirkorlik loyihalari bilan ham yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tashabbusi bilan yakka tartibdagi tadbirkor J.Qahhorov tomonidan tashkil etilib, foydalanishga topshirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, moddiy-texnik baza, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda muassasa faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi