Barcha yangiliklar
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Gallery image 182426
Gallery image 182427
Gallery image 182428
Gallery image 182429
Gallery image 182430
Gallery image 182431
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
07 Iyul 2026
20:17

SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

 SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.
Umarov tomonidan So‘fi mahallasida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul
o‘tkazildi.


Sayyor qabulda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.
Nodirov, tuman Kengashi deputatlari M. Sayfutdinov hamda A.
Dadajonov ishtirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini
tingladilar.


Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash,
bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan
murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar
berilib, ularning ijrosini ta’minlash va nazorat qilish choralari belgilandi.