Barcha yangiliklar









KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 Iyul 2026
17:50
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O. Aliqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Shakarboyev tomonidan Shodlik mahallasida xotin-qizlar faoli va mahalla hokim yordamchisi ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, kambag'allik darajasini qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi.
O'rganish jarayonida mas'ullar bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, ushbu yo'nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.