Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 182270
Gallery image 182271
Gallery image 182272
Gallery image 182273
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
07 Iyul 2026
17:39

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbayeva Inkar Karlibayevna tomonidan “Jayxun” MFY yoshlar yetakchisi T.Mubarekov faoliyati o‘rganildi.

👥 Dastlab yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda yoshlarni mazmunli band etishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

📍 Shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning amaliy natijadorligini baholash bo‘yicha kelishib olindi.
⚡️ Yoshlar bilan ishlash tizimini doimiy o‘rganish va manzilli nazorat qilish ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.