Barcha yangiliklar
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa
Gallery image 182242
Gallery image 182243
Gallery image 182244
Gallery image 182245
Gallery image 182246
Gallery image 182247
Gallery image 182248
Gallery image 182249
Gallery image 182250
Gallery image 182251
Gallery image 182252
Gallery image 182253
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
07 Iyul 2026
17:19

Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M. Tuychiyeva tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yong‘in va elektr xavfsizligi holati, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi hamda muassasadagi umumiy xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, bolalar uchun yanada xavfsiz, sog‘lom va qulay muhit yaratishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

✅ Bolalar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash doimiy e’tibor va nazoratda bo‘ladi.