Barcha yangiliklar
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 182220
Gallery image 182221
Gallery image 182222
Gallery image 182223
Gallery image 182224
Gallery image 182225
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
07 Iyul 2026
17:13

Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Safarov tomonidan davlat investitsiyasi dasturi doirasida qurilayotgan 15-oilaviy shifokorlik punkti hamda 27-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektlarda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallari ta’minoti, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda mehnat xavfsizligi talablariga amal qilinishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
🔹Shuningdek, obyektlarni o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini belgilangan reja asosida davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🔹Doimiy komissiya tomonidan davlat investitsiyasi hisobidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlardagi qurilish ishlari ustidan deputatlik nazorati muntazam ravishda davom ettiriladi.