Barcha yangiliklar
Deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi....
Gallery image 21027
Gallery image 21028
Gallery image 21029
Gallery image 21030
Gallery image 21031
Gallery image 21032
Gallery image 21033
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
17 Dek 2024
17:04

Deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi....

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov va M.Umirovalar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 46-, 47-, 53- va 58-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida isitish tizimining barqaror ishlashi, keltirilgan ko‘mir sifati hamda zaxiralarini o‘rgandi. O‘rganish davomida ayrim ta’lim muassasalarida isitish tizimi barqaror ishlayotgan bo‘lsa, ayrim ta’lim muassasalarida o‘t yoquvchilarning mas’uliyatsizligi, ko‘mir sifatining pastligi, elektr energiyasidagi uzilishlar va boshqa omillarga ko‘ra isitish talab darajasida emasligi aniqlandi. O‘rganish natijalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.