Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 21013
Gallery image 21014
Gallery image 21015
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 Dek 2024
15:46

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati E.Jurayev tumandagi "Navro'z" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputat aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, kredit olish, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzib olinib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi ta'kidlandi.

https://t.me/bandixon_deputatlari