Barcha yangiliklar
#bog‘ va xiyobonlar
Gallery image 182001
Gallery image 182002
Gallery image 182003
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
06 Iyul 2026
16:03

#bog‘ va xiyobonlar

🌳 Nurafshon shahar #bog‘ va xiyobonlari: Obodonlashtirish va sharoitlar tahlil qilindi.

Aholining maroqli dam olishi uchun munosib muhit yaratish hamda shahar ekotizimini yaxshilash masalalari doimiy nazoratda.

Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev, hudud deputati K.Xakimov, N.Niyozov, kotibyat xodimlari va shahar tegishli tashkilot ma'sullari bilan shahardagi parklar, hiyobonlar va istirohat bog‘larining bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

🔹#Bog‘lardagi yashil maydonlarning parvarishi va sug‘orish tizimlarining holati;
🔹Tungi yoritish tizimlari, o‘rindiqlar va piyodalar yo‘laklarining sozligi;
🔹Hududlarning sanitar-gigiyenik holati va tozaligi.

O‘rganish yakunida dam olish maskanlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularni yanada ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.