Barcha yangiliklar
#aholi murojaati
Gallery image 181987
Gallery image 181988
Gallery image 181989
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
03 Iyul 2026
16:00

#aholi murojaati

#AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
Xalq deputatlariNurafshon shahar Kengashiga engashi kotibyat mudiri K.Umarboyev, kotibiyat bosh mutaxasisi hudud deputati va mahalla yettiligi bilan “Birlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

Deputat tomonidan holat atroflicha o‘rganilib, murojaat o‘ziga biriktirilgan nazorat daftariga kiritildi. Shuningdek, ichki ko'chalar judayam yomon holati sabablari va mavjud holatga aniqlik kiritildi. Masalaning qonuniy hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda yechim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.