Barcha yangiliklar



G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
26 Iyun 2026
15:55
#Sessiya_27
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala Toyloq tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalarida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli hamda samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash masalasiga bag‘ishlandi.
Mazkur dastur doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Sessiya davomida dastur mazmuni muhokama qilinib, uni samarali amalga oshirish hamda yoshlarni keng qamrab olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook