Barcha yangiliklar
#24_masala
Gallery image 181944
Gallery image 181945
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
25 Iyun 2026
15:46

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov hamda tuman Kengashi deputati F. Suyarov tomonidan Zarafshon mahallasida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq holat joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida transformatorga yetgan texnik shikast sababli hududda elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuzaga kelgani aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida elektr tarmoqlari korxonasining mas’ul xodimlari bilan tezkor hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, mutaxassislar voqea joyiga jalb etildi.
Natijada zarur ta’mirlash ishlari qisqa muddatda amalga oshirilib, nosozlik bartaraf etildi hamda aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti tiklandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook