Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 181903
Gallery image 181904
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
07 Iyul 2026
15:35

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati A.Tuychiyev, shahar kengashining deputati A.Ismatov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda “Ma’rifat” mahallasida hokim yordamchsi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari ko‘rib chiqildi. Mazkur mahallada 2550 nafar aholi 833 ta oilalarda istiqomat qiladi. Kambag‘allik reestriga kiritilgan
53 nafar fuqarolarning 25 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 8 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 2 nafari qayta kasbga o‘qitilgan, bir nafar YaTT faoliyatini boshlagan va bir nafari mikroloyiha asosida ishga qabul qilingan. O‘rganish davomida kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.