Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 181848
Gallery image 181849
Gallery image 181850
Gallery image 181851
Gallery image 181852
Gallery image 181853
Gallery image 181854
Gallery image 181855
Gallery image 181856
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
07 Iyul 2026
15:25

O‘rganish

Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-280-son Qonuni ijrosini taʼminlash yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida tuman Kengashi deputati Erkin Rustamovning saylov okrugidagi Amir Temur mahallasida joylashgan tuman Axborot-kutubxona markazida monitoring oʻtkazildi.

🔰Oʻrganish ishlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova tomonidan amalga oshirildi. Jarayonda axborot-kutubxona markazida Qonun talablarining bajarilishi, aholiga, ayniqsa yoshlar va kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish sifati, kitob fondining saqlanishi va muntazam boyitib borilishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati oʻrganildi.

🔰Shuningdek, kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan xodimlarning axboroti tinglandi.