Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaati — qonun himoyasida.
Gallery image 181799
Gallery image 181800
Gallery image 181801
Gallery image 181802
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
07 Iyul 2026
15:06

Fuqarolar murojaati — qonun himoyasida.

Fuqarolar murojaati — qonun himoyasida.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2-“Jarbuloq” saylov okrugi deputati B.Amanov tomonidan aholi o‘rtasida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga murojaat qilish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari, davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyati, shuningdek, har bir fuqaroning o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda qonun talablariga amal qilish jamiyatda ochiqlik va adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.