Barcha yangiliklar
#96_qonun
Gallery image 181628
Gallery image 181629
Gallery image 181630
Gallery image 181631
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
06 Iyun 2026
13:02

#96_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N. Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov Nurafshon mahallasidagi 4-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi.

L
oyiha doirasida maktabning 785 o‘rinli mavjud binosi rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etilmoqda. Qurilish ishlari 14 milliard 374 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish materiallari sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda va loyiha talablari asosida bajarilishi masalalariga e’tibor qaratildi. Ayni paytda obyektda 100 ga yaqin quruvchi va mutaxassis faoliyat olib bormoqda.

Mazkur loyiha maktab infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇