Barcha yangiliklar
#96_qonun #kengash_raisi #ish_reja_ijrosi
Gallery image 181410
Gallery image 181411
Gallery image 181412
Gallery image 181413
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
21 May 2026
11:55

#96_qonun #kengash_raisi #ish_reja_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D.Ulug‘boyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida deputatning saylov okrugidagi 23-son umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari va 180 o‘rinli yangi bino qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida pudratchi tashkilot mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda zamonaviy standartlar asosida olib borilishi yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning munosib sharoitlarda bilim olishini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook