Barcha yangiliklar
Aholi murojaati joyida o‘rganildi
Gallery image 181384
Gallery image 181385
Gallery image 181386
Gallery image 181387
Gallery image 181388
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
07 Iyul 2026
11:53

Aholi murojaati joyida o‘rganildi

📍 Aholi murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, tuman Kengashi deputati S.Abdunazarova, bosh mutaxassis A.Sa'dullayev hamda tuman hokimining o‘rinbosari X.Turayev ishtirokida aholi murojaatlari yuzasidan 12-Chuqun saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida hududda 1,5 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi qurish masalasi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha bo‘yicha mavjud holat, texnik imkoniyatlar hamda amalga oshirish mexanizmlari atroflicha muhokama qilinib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Aholi uchun xavfsiz va qulay piyodalar harakatini ta'minlashga qaratilgan ushbu masala nazoratga olindi.