Barcha yangiliklar
#sessiya
Gallery image 181331
Gallery image 181332
Gallery image 181333
Gallery image 181334
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
16 Iyun 2026
11:41

#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholi farovonligini oshirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari ko‘rib chiqildi.

✅ Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

🟢Nurafshon shahrida yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
🟢Хalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining 13-saylov okrugidan saylangan deputatni vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.

Sessiya davomida yuqoridagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining axborotlari tinglandi.

❕Muhokamalar yakunida shaharni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.