Barcha yangiliklar
#24_masala
Gallery image 181311
Gallery image 181312
Gallery image 181313
Gallery image 181314
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
20 May 2026
11:32

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati O'.Tangirov saylov okrugidagi “Xo‘jayuz” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada chorvachilik, issiqxona faoliyati hamda tadbirkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.