Barcha yangiliklar
Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 181179
Gallery image 181180
Gallery image 181181
Gallery image 181182
Gallery image 181183
Gallery image 181184
Gallery image 181185
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
07 Iyul 2026
10:58

Paxtakor tumanidagi biolaboratoriyalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati A.Eshmatov va Paxtakor tumani Kengashi deputati tuman hokimi X.Abduvoxidov bilan birgalikda tumandagi barcha biolaboratoriyalar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida biolaboratoriyalarda foydali entomofaunani ko‘paytirish, zararkunandalarga qarshi biologik kurash vositalarini yetishtirish, ularni fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida yetkazib berish hamda mavjud sharoitlar va moddiy-texnik ta’minot holati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarga biologik himoya tadbirlarini belgilangan muddatlarda va sifatli tashkil etish, biolaboratoriyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda g‘o‘za maydonlarida zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.