Barcha yangiliklar
#24_ta_masala  #ish_reja_ijrosi
Gallery image 181154
Gallery image 181155
Gallery image 181156
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
19 May 2026
10:46

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan Olmazor mahallasida mahalla xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan hamda uzoq yillardan buyon yotoq holatidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda ajrimlar sonini kamaytirish masalalari yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook