Barcha yangiliklar
Deputat nazorati:
Gallery image 181079
Gallery image 181080
Gallery image 181081
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
07 Iyul 2026
10:27

Deputat nazorati:

Deputat nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Amanov tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda ichki yo‘llarning holati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llarning texnik holati, asfalt qoplamasining sifati, shag‘allashtirish ishlari, yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimi, aholi harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’mirtalab yo‘l uchastkalari 24 ta nazorat masalasi asosida atroflicha tahlil qilindi.
Fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Deputat nazorati – muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.