Barcha yangiliklar
3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.
Gallery image 180961
Gallery image 180962
Gallery image 180963
Gallery image 180964
Gallery image 180965
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
06 Iyul 2026
09:45

3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 14-A. Ikromov saylov okrugi deputati D. Xamraqulov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va moddiy-texnik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mazkur muassasa 1967-yilda qurilgan, 110 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda unda 240 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgani aniqlandi.

🏗 Shuningdek, bino foydalanishga topshirilganidan buyon mukammal ta’mirdan o‘tkazilmagani, joriy ta’mirlash ishlari ham talab darajasida amalga oshirilmagani, kanalizatsiya tizimi nosoz holatda ekani hamda binoning ayrim qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

📝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, muassasada ta’lim-tarbiya jarayoni uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

✅ Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.