Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 180930
Gallery image 180931
Gallery image 180932
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
15 May 2026
09:48

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi raisi D.Ulug‘boyeva tomonidan saylov okrugidagi 22-son umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kitobning inson kamoloti, ma’naviy tarbiya va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashilib, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅Bizni kuzatib boring:👇