Barcha yangiliklar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
Gallery image 180850
Gallery image 180851
Gallery image 180852
BUTAYEV JAVLON RASHID O‘G‘LI
07 Iyul 2026
09:05

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan G'allakon mahallasida o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Mas’ul idoralarda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy ko‘rib chiqilishi;
🔹 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni rasmiyatchiliksiz, joyida hal etish holati;
🔹 Kelib tushayotgan arizalar tahlili asosida tizimli kamchiliklarni bartaraf etish.
Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi bunday nazorat tadbirlari deputat tomonidan doimiy davom ettiriladi.