Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Gallery image 180759
Gallery image 180760
Gallery image 180761
Gallery image 180762
Gallery image 180763
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 Iyul 2026
22:13

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarining bo‘sh binolarida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik maqom berish masalasi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.

Hisobot muhokamasi davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish hamda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi va Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qilindi.

🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash 📸Instagram