Barcha yangiliklar
Deputat va tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 180747
Gallery image 180748
Gallery image 180749
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
06 Iyul 2026
20:56

Deputat va tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Tashrif davomida mas’ullar quyidagi ustuvor masalalar ijrosini atroflicha tahlil qildilar:

💬Aholi bandligini ta’minlash: Shaharda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda mavsumiy va jamoat ishlariga jalb etish ko‘rsatkichlari;

💬Kambag‘allikni qisqartirish choralari: Mahallabay ishlash tizimi asosida ijtimoiy daftarlar va ijtimoiy reyestrdagi ehtiyojmand oilalar bilan ishlashning samaradorligi;

💬Subsidiyalar va kasb-hunarga o‘qitish: Fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun ajratilayotgan davlat subsidiyalarining manzilliligi hamda ishsizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitish qamrovi;

💬“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: Bo‘limning mahallalardagi hokim yordamchilari bilan o‘zaro integratsiyasi va hamkorlikda olib borayotgan kunlik ish tizimi.

💬 Muloqot davomida Kengash raisi har bir ajratilayotgan subsidiya va yaratilayotgan ish o‘rni ortida inson taqdiri turganini ta’kidlab, bo‘lim faoliyatida shaffoflikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va ijobiy yechim topish yuzasidan bo‘lim mutasaddilariga aniq taklif hamda tavsiyalarini berib o‘tdi.