Barcha yangiliklar
Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati deputat nazoratida
Gallery image 180569
Gallery image 180570
Gallery image 180571
Gallery image 180572
Gallery image 180573
Gallery image 180574
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
19:30

Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan Joul Qosim mahallasida joylashgan “Sevinch” xususiy bog‘chasi faoliyati va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda moddiy-texnik baza holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning xavfsizligi va sog‘lom rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi yuzasidan nazorat olib borilishi ta’kidlandi.