Barcha yangiliklar
Hashar orqali hudud obod qilindi
Gallery image 180486
Gallery image 180487
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
19:02

Hashar orqali hudud obod qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Do‘stmurodov tashabbusi bilan Mang‘itobod mahallasida joylashgan chiqindixona hududida tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Hashar tadbirida mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar olib chiqildi, atrof-muhit tartibga keltirildi va sanitariya holati yaxshilandi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlar tozaligini saqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Deputat N. Do‘stmurodov tomonidan bunday tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilib, mahallalarni yanada obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlar izchil olib borilishi ta’kidlandi.