Barcha yangiliklar
Savdo markazlarida o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 180465
Gallery image 180466
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
18:53

Savdo markazlarida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan hududdagi savdo markazlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida savdo shoxobchalarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddati, narx-navoning asosliligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilish holatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflar tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, iste’mol bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda savdo xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.