Barcha yangiliklar
Qonunlar ijrosi – doimiy e’tiborda
Gallery image 180458
Gallery image 180459
Gallery image 180460
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
18:51

Qonunlar ijrosi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Senatining 16-yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliyotga tatbiq etilishi hamda hududlarda ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonunlarning fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlashdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, aholiga ularning mazmunini keng tushuntirish hamda tegishli tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.