Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANI HOKIMLIGI MAJLISLAR ZALIDA III CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 2-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 20839
Gallery image 20840
Gallery image 20841
Gallery image 20842
Gallery image 20843
Gallery image 20844
Gallery image 20845
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
28 Noy 2024
10:30

MIROBOD TUMANI HOKIMLIGI MAJLISLAR ZALIDA III CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 2-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibiga ko’ra deputatlar Mirobod tuman prokurori B.Abdullayevning “Mirobod tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tuman prokuraturasi tomonidan 2024-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”, Mirobod tuman IIO FMB boshlig‘i O.Xodjaevning “Mirobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida 2024-yilning 9 oyi davomida tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” hisobotlari va Mirobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
J.Oripovning Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatga yo‘naltirish to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi. 

Sessiyada Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati G.Kulmatova hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari Sh.Pulatov, A.Mamanazarovlar so‘zga chiqishdilar va tegishli hisobdorlarga o’z savollarini berib, zudlik bilan qilinishi kerak bo’lgan asosiy ishlar bo’yicha takliflar berildi.