Barcha yangiliklar
Davlat dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida
Gallery image 180354
Gallery image 180355
Gallery image 180356
Gallery image 180357
Gallery image 180358
Gallery image 180359
Gallery image 180360
Gallery image 180361
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
06 Iyul 2026
18:01

Davlat dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Islom taraqqiyot ebanki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir tomonidan “Olmazor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 17-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan 180 o‘rinli o‘quv binosi, oshxona va sport zalini mukammal ta’mirlash, shuningdek yangi hojatxona qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur obyektdagi qurilish-ta’mirlash ishlari “ZARAVUT SOY QURILISH” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida hamda belgilangan me’yor va talablarga muvofiq bajarilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Ayni paytda maktabdagi qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yaqinlashgan bo‘lib, o‘rganish davomida ishlar sifati va qurilish me’yorlariga muvofiqligi yuzasidan pudratchi tashkilot mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.