Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 180289
Gallery image 180290
Gallery image 180291
Gallery image 180292
Gallery image 180293
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
17:39

Deputat tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Lolazor mahallasida faoliyat yuritayotgan fuqaro Zaripov Sardorga qarashli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada ayrim ta’mirtalab joylar mavjudligi hamda tozalik va sanitariya holatini yanada yaxshilash zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muassasa mas’uliga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Muassasa rahbari tomonidan mavjud kamchiliklar ikki kun muddatda bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

Hozirgi kunda aytilgan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Deputat tomonidan bu boradagi ishlar nazoratga olinib, bolalar uchun munosib va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan monitoring davom ettiriladi.