Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha infratuzilmasi nazoratda
Gallery image 180282
Gallery image 180283
Gallery image 180284
Gallery image 180285
Gallery image 180286
Gallery image 180287
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Iyul 2026
17:38

Ijtimoiy soha infratuzilmasi nazoratda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi B.Ochilov tomonidan Shombuloq MFY hududida 47-umumta’lim maktabining qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Tekshiruv davomida qurilish jarayonining sifati, belgilangan meyor va standartlarga muvofiqligi, ishlarning bajarilish sur’ati hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddi tashkilotlar va qurilish mas’ullariga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Maktab qurilishi — kelajak avlod ta’limi uchun muhim investitsiya bo‘lib, ushbu obyektning sifatli va o‘z vaqtida bitkazilishi ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yosh avlodga munosib ta’lim sharoitlarini yaratish — davlat va jamiyat oldidagi ustuvor vazifalardan biridir.