Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Gallery image 180215
Gallery image 180216
Gallery image 180217
Gallery image 180218
Gallery image 180219
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
12 Iyun 2026
00:00

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, aholi bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va mulohazalar atroflicha tinglandi.
Deputat tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy loyihalar va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish va ularning ijrosini nazorat qilish belgilandi.