Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi
Gallery image 180205
Gallery image 180206
Gallery image 180207
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
11 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Madaniyat markazida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilmayotganligi, xususan, yong‘in xavfsizligi qutilari hamda ularning zarur jihozlar bilan ta’minlanish holati amaldagi me’yoriy talablarga to‘liq javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Jumladan, yong‘in xavfsizligi qutilari belgilangan tartibda jihozlanib, yetishmayotgan vositalar bilan to‘ldirildi hamda mavjud kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi.