Barcha yangiliklar
🏗 Davlat dasturi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 179935
Gallery image 179936
Gallery image 179937
Gallery image 179938
Gallery image 179939
Gallery image 179940
Gallery image 179941
Gallery image 179942
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
06 Iyul 2026
15:53

🏗 Davlat dasturi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda deputat okrugidagi Idaliqala mahallasida joylashgan 31-son umumta’lim maktabida Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda qurilish jarayonining amaldagi me’yoriy talablar asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.