Barcha yangiliklar



NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
26 May 2026
00:00
Qurbon hayiti munosabati bilan ehson va saxovat tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bo‘tayev tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar holidan xabar olinib, ehtiyojmand oilalarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi.
Jumladan, mahalla fuqarosi G.O‘sarovaga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbus xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarining amaldagi ifodasi bo‘lib, bayram ayyomida aholi kayfiyatini ko‘tarish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.