Barcha yangiliklar
Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 179899
Gallery image 179901
Gallery image 179902
Gallery image 179903
Gallery image 179904
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
06 Iyul 2026
15:42

Deputat hududda: Sport majmuasini kapital ta’mirlash loyihasi ko‘zdan kechirildi

3-Narpay saylov okrugi deputati, Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev "Narpay" mahallasi hududida joylashgan tuman sport maktabiga qarashli Narpay sport majmuasiga tashrif buyurdi.
​ Tashrif davomida deputat va tuman hokimi sifatida sport majmuasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan kapital ta'mirlash ishlari bo'yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, okrug saylovchilari va yoshlar manfaatini ko'zlagan holda, tegishli tashkilotlar mutasaddilariga qurilish-ta'mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, zamonaviy talablarga mos sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berdi.
​ Ta'kidlanganidek, sport majmuasining kapital ta'mirlanishi okrug yoshlari uchun qulay va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularning sport bilan muntazam shug'ullanishi hamda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga xizmat qiladi.
​Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida sport majmuasining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, hudud yoshlari uchun munosib sport mashg'ulotlari o'tkazish imkoniyatlari kengayadi.