Barcha yangiliklar
Aholiga qulaylik yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 179883
Gallery image 179884
Gallery image 179885
Gallery image 179886
Gallery image 179887
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
22 May 2026
00:00

Aholiga qulaylik yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 22-may ish rejasi ijrosi yuzasidan tuman deputati G'.Saitboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 298-sonli qarori ijrosi doirasida Sardoba tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tumanning "Otayurt" mahallasida ko‘chasining asfalt qoplamasi yotqizildi. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda ichki yo‘llar sifatini oshirishga xizmat qiladi.