Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 179856
Gallery image 179857
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
06 Iyul 2026
15:28

Korrupsiyaga qarshi kurash: Karmana tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hayoti uchun muhim bo‘lgan sohalardan biri — tuman Elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar holati va ushbu yo‘nalishda olib borilgan o‘rganishlar natijalari atroflicha tahlil etildi.

Muhokama davomida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonunbuzilish holatlarining barvaqt oldini olish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, yakunda tegishli qaror qabul qilindi.