Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 179818
Gallery image 179819
Gallery image 179820
Gallery image 179821
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
06 Iyul 2026
14:50

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Ishimov, Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev, tuman hokimining o‘rinbosari O.Egamov hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i D.Qo‘chqorovlar tomonidan tuman Kengashining VII-26-37-9-122-K/26-sonli qarori asosida tuman madaniyat bo‘limi binosida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, pudratchi tashkilot vakili bilan bevosita muloqot o‘tkazilib ta'mirlash ishlarini sifatli hamda qisqa muddatlarda yakunlab, obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ogohlantirish va tavsiyalar berildi.