Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 179811
Gallery image 179812
Gallery image 179813
Gallery image 179814
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
06 Iyul 2026
14:43

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "G‘ambur" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🚜 O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bajarilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Hududlarni obod qilish, ichki yo‘l va ko‘chalarni ta’mirlash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.